Sportchilarimiz Olimpiada o‘yinlariga nechta litsenziyani qo‘lga kiritishdi?

17:46 14 May 2018 Sport
345 0

Poytaxtimizda sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga yetdi.

Ushbu nufuzli musobaqada oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga ham litsenziyalar o‘ynaldi. To‘rt kun davom etgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra to‘rt nafar o‘zbekistonlik sportchi yunon-rum kurashida Asilbek Nematov (-60kg), ayollar kurashida Shohida Ahmedova (-49kg) va Svetlana Oqnazarova (-73kg), erkin kurashchilarimiz ichida esa Umidjon Jalolov (-48kg) Argentina yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Shu tariqa III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan litsenziyalar soni 19 taga yetdi — sport kurashlari – 4ta, og‘ir atletika – 3 ta, baydarka va kanoeda eshkak eshish – 3 ta, akademik eshkak eshish – 2 ta, sport gimnastikasi – 2 ta, sport akrobatikasi – 1 ta, badiiy gimnastika – 1 ta, ot sporti (konkur) – 1 ta, taekvondo VTF – 1 ta va boks – 1 ta.

Ma’lumot uchun ushbu 19 ta litsenziya 21 nafar sportchi tomonidan qo‘lga kiritilgan. Nega deganda, akademik eshkak eshish va sport akrobatikasida 2 kishilik juftlikka bittadan litsenziya berilgan. 
III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari 6 — 18 oktyabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tadi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?