“Sport” telekanali yirik futbol turniri namoyish huquqini sotib oldi

10:57 13 Mart 2019 Sport
469 0

2019 yilning 14 iyun – 7 iyul kunlari futbol boʻyicha Amerika Kubogi (Copa America) oʻtkaziladi. Musobaqa Braziliya yashil maydonlarida boʻlib oʻtadi.

“Amerika kubogi-2019″da Osiyo qitʼasidan Yaponiya hamda Qatar terma jamoalari ham ishtirok etishadi.

Ushbu musobaqani Oʻzbekistonda ham koʻplab futbol ishqibozlari tomosha qilishi hech kimga sir emas.

MTRK “Sport” telekanali aynan ushbu musobaqalarning Oʻzbekiston hududida namoyish etish huquqini qoʻlga kiritdi va endi yurtimiz futbol muxlislari ana shu futbol turnirini toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qilish imkoniga ega boʻldilar.

“Sport” telekanali direktori Zohid Karimovning tvitter sahifasida yozishicha, muxlislar, nafaqat futbol uchrashuvlaridan tayyorlangan translyatsiyalarni balki uchrashuvlarning qiziqarli holatlarini oʻzida mujassam etgan “kundalik” shaklidagi koʻrsatuvlarni ham tomosha qilish imkoniga ega boʻladilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?