Sport boʻyicha yilning eng yaxshilari taqdirlanishdi

16:11 26 Dekabr 2019 Sport
693 0

Bugun, 26-dekabr kuni poytaxtimizdagi “Navroʻz” tantanalar saroyida yil joriy yil yakunlariga bagʻishlangan “Milliy sport mukofoti-2019” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan tashkil qilinayotgan mazkur tadbirda yil davomida sportimiz rivoji yoʻlida mehnat qilgan eng yaxshi atlet va trener, federatsiya, hakam, sport mutasaddilari, jurnalist va masʼul tashkilotlar 20 ga yaqin nominatsiya boʻyicha taqdirlanishdi.

Yilning eng yaxshi terma jamoasi — Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tan olindi.

Yilning eng yaxshi federatsiyasi — Oʻzbekiston Paralimpiya Milliy assotsiatsiyasi;

Sport sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun — “Qizilqum-sement” AJ;

Yil kashfiyoti — Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi;

Yilning eng yaxshi sport loyihasi — “Humo-Arena” koʻptarmoqli muz saroyi;

Eng faol sport targʻibotchisi — Hilola Isakova “MY5” telekanali muhbiri;

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti — Zohid Karimov “Sport” TV;

Yilning eng yaxshi sport shifokori — Sunnatilla Yoʻlchiyev – RSTIAM sport tibbiyoti boʻlim boshligʻi, travmatolog;

Xalqaro maydonlarda oʻzbek sportini targʻib qilgani uchun — Eldor Shomurodov;

Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi — Timur Giyazov;

Yilning eng yaxshi murabbiyi Rustam Mirzadiyarov – baydarka va kanoe boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi;

Yilning eng yaxshi yosh va istiqbolli sportchisi — Zaynab Dayibekova – qilichbozlik (sablya) boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi;

Yilning eng yaxshi hakami — Tohir Gulyamov – sport kurashlari boʻyicha xalqaro toifadagi hakam

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi — Dilnoza Rahmatova;

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi — Bahodir Jalolov

Sport sohasidagi koʻp yillik xizmati uchun — Oksana Chusovitina tan olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?