Spiker oʻrinbosari Surxondaryodagi “Komfort mebel servis MCHJ” faoliyati bilan tanishdi

19:35 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
186 0

Surxondaryo viloyatidagi “Komfort mebel servis” MCHJ 2020-yilda oʻz faoliyatini boshlagan boʻlib, yiliga 50 000 m2 mebel mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniga ega. Ayni chogʻda korxonada 60-70 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.

Eʼtiborlisi, endilikda korxona oʻz faoliyat quvvatini kengaytirish evaziga yana 20 kishining bandligini taʼminlamoqchi. Tadbirkorlik subyekti 5 xil yoʻnalishda faoliyat olib boradi. Xususan, stul, yumshoq, korpusli va dekorativ mebellar ishlab chiqaradi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida ushbu korxona faoliyati bilan tanishdi.

Spiker oʻrinbosari korxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishar ekan, u yerda ishlab chiqarilayotgan LDSP, AKRIL, SHPON, MDF kabi mahsulotlar va ularning sifatini koʻzdan kechirdi. Suhbat va muloqotlar davomida tadbirkorning muammolari bilan qiziqdi.

— Hozirgi ogʻir sharoitda tadbirkorlar sonini koʻpaytirish, odamlarni ishbilarmon qilish eng muhim vazifa, — dedi A.Xaitov. — Shunday ekan, har bir rahbar bu masalaga alohida eʼtibor qaratgan holda, tadbirkorga sharoit yaratib, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi kerak. Eng avvalo, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish orqali ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash lozim.

Uchrashuv yakunida korxona ishchi-xodimlarining 10 nafari partiya safiga qabul qilinib, “Komfort mebel servis MCHJ” qoshida OʼzLiDeP boshlangʻich partiya tashkiloti tuzildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?