“Spark” sohiblari maʼlum boʻldi

10:48 24 Iyun 2019 Jamiyat
366 0

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Prezident sovrini uchun oʻtkazilgan “Tashabbus-2019“ koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari maʼlum boʻldi.

Qayd etish joizki, tadbirkor va ishbilarmonlar, hunarmandlarning oʻziga xos mahorat maydoni va yutuqlari namoyishiga aylangan mazkur tanlov soha vakillarini ragʻbatlantirish barobarida, ularni yangi-yangi marralar sari undashi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Binobarin, unga boʻlgan qiziqish tobora ortib, uning tuman va shahar bosqichlarida 6700 dan ziyod ishbilarmon ishtirok etgani, respublika bosqichida esa 69 nafar tadbirkorlik subyekti rahbarlari, fermer hamda hunarmand gʻoliblik uchun sinashgani shundan dalolat beradi.

Shunday qilib galdagi tanlovda “Sanoat sohasidagi yilning eng yaxshi tadbirkori“ yoʻnalishida Namangan viloyatidagi “Nafis tex group” MCHJ rahbari A. Eshanov, “Xizmat koʻrsatish sohasidagi yilning eng yaxshi tadbirkori“ yoʻnalishida Qashqadaryo viloyatidagi “Sitora imkon plus” NTM rahbari N. Salomova, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori“ yoʻnalishida Navoiy viloyatidagi “Export fish product”MCHJ rahbari O. Saidov, “Yilning eng yaxshi fermeri“ yoʻnalishida Surxondaryo viloyatidagi “Mehnat farovon hayot“ fermer xoʻjaligi rahbari A. Norboyev gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

“Yilning eng yaxshi hunarmandi“ nominatsiyasida birinchi oʻringa esa ikki nafar hunarmand buxorolik D. Toshev hamda Toshkent viloyatilik Sh. Yusupov munosib koʻrildi.

Gʻoliblar Prezident sovrini - “Chevrolet Spark” avtomobili, maxsus diplom va medal bilan taqdirlandi.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?