SOS! O‘zbekistonga juda issiq va quruq havo oqimi kirib kelmoqda

12:10 17 Iyul 2018 Jamiyat
1363 0
Illyustrativ foto

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilning 19-23 iyul kunlari O‘zbekistonga Erondan quruq va juda issiq havo Turkmaniston orqali kelishi kutilayapti.

Shu munosabat bilan, respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga oshib, 40-43 darajani tashkil etadi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati Selsiy bo‘yicha 44-45 darajagacha isiydi, garmsel kutilmoqda.

19-23 iyul kunlari Respublikaning tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida havo haroratining oshishi munosabati bilan Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan glyasiyal (muzlikning erishi natijasidagi) sel kelishi mumkin.

FVV yuqoridagilardan kelib chiqib, xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni, ko‘p miqdorda ichimlik suvi iste’mol qilishingizni, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirish kerakligini tavsiya qilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?