SOS: Grippning juda xavfli turi tez tarqalmoqda

18:48 30 Iyul 2018 Dunyo
852 1
Illyustrativ foto

Yangi aniqlangan “CladeX” gripp virusi shtammi global epidemiyaga sababchi bo‘lishi mumkin.

Bu haqda AQSHning Jon Xopkins universiteti olimlari ma’lum qilishdi. Ularning ta’kidlashicha, mazkur virus bilan kasallangan 400 nafarga yaqin bemordan 50 nafari hayotdan ko‘z yumgan. Grippning ilk o‘choqlari Germaniya va Venesuelada qayd etilgan.

Mutaxassislarning aytishicha, bemorlar yo‘tal va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilayotganiga asoslanib, olimlar bu virusni “respirator”lar oilasiga kiritishgan. U havo orqali yuqish ehtimoli yuqori. Kasallikning ilk alomatlari shamollash yoki qizamiqnikiga o‘xshaydi. Virus yuqsa va zudlik bilan choralar ko‘rilmasa atigi bir necha hafta ichida inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin ekan.

Ushbu virusni yuqtirganlar zudlik bilan davolanmasa bosh miyaning yallig‘lanishi kasalligiga chalinib, komaga tushib qoladi.

Olimlarning fikricha, bu virusga qarshi tez fursatda vaksina yaratilmasa, uning tarqalishi kuchayib, sayyoramizdagi qariyb 900 million nafar insonga yuqishi mumkin.


Izohlar


Nodir Temirov

Алишер Абдуллажонов (asdalisher@yandex.ru):

Gripp juda xavfli kasallik. Davlat miqyosida e'tibor berilmasa kambag'al aholidan virus o'ziga yaxshi manba sifatida foydalanadi, bu esa butun xalq uchun zararli.

11:5702.08.2018