Soʻm iyun oyidan beri birinchi bor mustahkamlandi

14:09 21 Avgust 2019 Jamiyat
120 0

Illyustrativ foto

21-avgust kuni valyuta birjasidagi savdolarda milliy valyuta 1 AQSH dollari uchun 9379 soʻmgacha mustahkamlandi. Bu haqda birja maʼlum qildi.

Oxirgi marta soʻm iyul oyida 1 AQSH dollari uchun 8659 soʻmgacha mustahkamlangan edi. Shundan keyin eng yuqori darajaga yetib, 20-avgustda 1 AQSH dollari 9384 soʻmdan sotildi. Savdolar hajmi birdaniga 154 million dollargacha oshdi. Bunday holat iyun oyidan beri kuzatilmagan edi.

20-avgust kuni Markaziy bank bozorda mustaqil shakllanishi uchun valyuta kurslarini “qoʻyib” yubordi.

MB raisi M.Nurmurotov Markaziy bank tomonidan valyuta uchun belgilangan 0.5 foizli kurs tebranishi bekor qilingani, endi kurs faqat sotuvchilar va sotib oluvchilar tomonidan shakllanishini maʼlum qildi. Buni obyektiv iqtisodiy zarurat deb aytdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?