Soliq tizimida elektron hisobvaraq-fakturalarni joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi

12:54 10 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
460 0

Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2018 yil 15 oktyabrdan Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatida elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda rasmiylashtirishni joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.

Eksperiment doirasida elektron hisobvaraq-fakturalar tovar-transport yukxatlari va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnoma vazifacini bajaradi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?