Soliq qoʻmitasi raisi samarqandlik tadbirkorlar savollariga javob berdi

10:49 11 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
324 0

Foto: Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.Musayev ishtirokida viloyatning bir qator yirik tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan davra-suhbati oʻtkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi xabar berdi.

Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni asosida tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyozlar, 2019 yildan soliq qonunchiligida tatbiq etiladigan yangiliklar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha soʻz yuritildi.

Taʼkidlandiki, soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida soliqqa tortish tizimini tubdan isloh qilish, jumladan, soliq va majburiy toʻlovlarni qisqartirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish koʻzda tutilgan. Qulay raqobat muhiti yaratish, soliq qonunchiligi barqarorligi va soddalashtirilishini taʼminlash, soliq yuklamasini kamaytirish, yurtimizning investitsion jozibadorligini oshirish hamda soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish konsepsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Tadbirda tadbirkorlardan QQS, hisobotlarni soddalashtirish, tovarlar qoldigʻi bilan bogʻliq savollar koʻtarildi.Davlat soliq qoʻmitasi Raisi tomonidan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Shuningdek, tumanlar davlat soliq inspeksiyalarining qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻloviga oʻtayotgan korxonalarga biriktirilgan xodimlari uchun amaliy seminar oʻtkazildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?