Soliq organlari tomonidan bir haftada 1 741 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi

13:06 29 May 2018 Iqtisodiyot
724 0

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 1 741 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.

O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan

584 nafar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 1157 nafar shaxsga nisbatan 369,1 mln.so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Shu jumladan:

- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 6 nafar shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 1,1 mln.so‘m,

- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 28 nafar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasiga asosan 24,1 mln.so‘m;

- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulk ka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 78 nafar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismiga asosan 13,4 mln.so‘m;

- daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 168 nafar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismiga asosan 28,9 mln.so‘m;

- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 180 nafar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning

176-moddasi 1-qismiga asosan 31 mln.so‘m;

- soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 351 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga asosan 60,4 mln.so‘m;

- debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 26 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismiga asosan 44,7 mln.so‘m;

- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 320 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismiga asosan 16,5 mln.so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?