Davlat soliq qo‘mitasi tizimida muhim tayinlovlar amalga oshirildi

11:17 09 Iyul 2018 Siyosat
795 0
Foto: gazeta.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va to‘rt viloyat davlat soliq boshqarmasining rahbarlari tayinlandi.

Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati tomonidan “Xalq so‘zi online”ga ma’lum qilindi.

Jumladan, Babajanov Davronbek Jumamuratovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, G‘oyibov Jo‘rabek Raxmonberdiyevich Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Igambergenov Kudratbek Kadambayevich Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Ashurov Sherzod Raximovich Buxoro viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Axmedov Shodiyor Eshmuratovich Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?