Soxta “jinoyat qidiruv xodimi” jinoyat ustida qoʻlga olindi

14:14 21 Avgust 2019 Jamiyat
95 0

2019-yilning 17-iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan oliy taʼlim muassasalarining birining talabasi hisoblangan 25 yoshli Biloliddin O. 29 yoshli Sardor A.ga oʻzini “jinoyat qidiruv xodimi” deb tanishtiradi. Shundan soʻng, u fuqaroni oʻgʻirlangan buyumlarni sotib olganlikda ayblab, sodir etgan jinoyati uchun koʻz yumishini va jinoiy javobgarlikka tortmasligi uchun 100 AQSH dollarini soʻraydi. Biloliddin O. Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasida talab qilingan pulni olish vaqtida qoʻlga olindi. Bu haqda IIBB xabar berdi.

Ushbu fakt boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?