Soxta shifokor pensionerni aldab pulini olib qo‘ydi

14:43 03 Avgust 2018 Jamiyat
408 0
Illyustrativ foto

Moskva shahrida shifokor ko‘rinishidagi noma’lum shaxs 78 yoshli pensionerdan 700 ming rubl miqdoridagi pulni aldov yo‘li bilan olib qo‘ygan. Bu haqda “Moskva” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, soxta tibbiyot xodimi bu keksa ayolga yopiq telefon raqamidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, unda go‘yoki saraton kasalligi rivojlanayotgani, bu dardni davolash uchun esa 14 mln. AQSH dollari kerak ekanligini aytadi. Biroq pensioner hisob raqamida 700 ming rubl bor edi. Sodda kampir bankdan ushbu mablag‘larni olib, uni pulni olish uchun kelgan choparga berib yuboradi.

Oradan bir qancha vaqt o‘tib pensioner aldanganini anglaydi va politsiyaga murojaat qiladi. Ushbu voqea yuzasidan firibgarlik jinoyati bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

RFda pensionerlarni shunday yo‘llar bilan aldash birinchi marta uchrayotgani yo‘q. Masalan, yaqinda Kemerovoda 89 yoshli keksa onaxon o‘zini poliklinika xodimlari deb tanishtirgan firibgarlarga noma’lum virusdan davolanish uchun 300 ming rubl berib yuborgan. Moskvada esa xorijdan kelgan ishsiz muhojirlardan biri o‘zini shifokor-terapevt deb tanishtirib, unga 450 ming rubl evaziga qadoqlangan “dori-darmon”larni sotib ketgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?