Soxta “domla”ning shafqatsiz tarbiyasidan 6 yoshli go‘dak vafot etgan

12:29 14 Avgust 2018 Jamiyat
1490 1
Foto: Screenshot / “Xalq so‘zi”

Davlat xavfsizlik xizmati 2018 yilning boshidan buyon yuzdan ortiq diniy ta’lim beruvchi yashirin “hujra”larni aniqladi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

Reportajda aytilishiga ko‘ra, ana shunday yashirin “bilim dargohlari”da, o‘zining ilmi yetarli darajada bo‘lmagan domlalar tomonidan kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan diniy kitoblar o‘qitilgan va bolalar shafqatsiz jazolangan.

Xususan, andijonlik hunarmand Nosirbek Turg‘unovning uyida ham ana shunday “hujra” borligi aniqlangan. U yerda yarim yerto‘la ichida 5-6 yoshli bolalarga diniy ta’lim berilgan. Yaxshi o‘qimagan bolalarning oyoqlari ostiga xivich bilan savalangan yoki ovqatsiz yerto‘laga qamab qo‘yilgan.

Shu o‘rinda, sirdaryolik Sherali Ibodov nomli “domla”ning ham qilmishi esga olingan. “Tariqat” diniy oqimini o‘rgatuvchi ushbu kimsaning shafqatsiz tarbiyasidan 6 yoshli go‘dak Muhammadsodiq Abdulhaqov vafot etgan. Ibodovni esa sud 7 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Reportajda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan 2017 yilda O‘zbekiston bo‘yicha ana shunday “hujra”lardan 33 tasi 2018 yilning birinchi yarmida esa 116 ta “hujra” aniqlangan.


Izohlar


Nodir Temirov

Akmal Mirzayev (m_akmal@mail.ua):

Davlat rahbari tomonidan dinni yaxshi o'rganish uchun barcha sharoitlar yaratilayotgan bir davrda bunday axmoqlarning chiqishi jamiyatimiz qoloqlashayotganidan dalolat emasmi, qancha masjidu madrasalar bo'sh turgan vaqtda uylarida kurslar ochib, exx noshukur

14:2914.08.2018