Soxta diplomfurush ushlandi

17:30 14 Avgust 2018 Jamiyat
312 0

2018 yilning 10 avgust kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro K.R. nomidan kelib tushgan ariza yuzasidan Surxondaryo viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tomonidan Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharida joylashgan “Sardorbek” to‘yxonasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Sariosiyo tumani Sharg‘un qurilish kasb-hunar kollejining mas’ul xodimi M.R. Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro Z.G.ning nomiga rasmiylashtirilgan diplom berish evaziga 2.400.000 so‘m pullarni olgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, Sariosiyo tumani Sharg‘un qurilish kasb-hunar kollejining mas’ul xodimi M.R.ning yashash uyida saqlab kelgan fuqaro Z.G.ning nomiga rasmiylashtirilgan K№5178812 seriya raqamli diplom va kelgusida fuqarolarni chuv tushirib sotish uchun yashash uyida saqlab kelayotgan 20 dona diplom aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan hamda Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?