Soʻx tumanidagilar Fargʻonaga borishlari uchun Qirgʻiziston tomonidan test natijasi talab qilinyapti va u pullik, nima qilsa boʻladi?

16:31 06 Oktyabr 2020 Jamiyat
191 0

Yuqoridagi savolga AOKA zalida boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov quyidagicha javob qaytardi:

— Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq, oʻtkazish punktidan (aeroport, vokzal, yoki boshqa) oʻtayotgan fuqarolarda PZR tekshiruvi natijasi boʻlishi shart va laboratoriya tekshiruvlari bilan bogʻliq xarajatlar murojaat qilgan shaxslar tomonidan qoplanadi.

Faqat kasallikning klinik belgilari boʻlgan shaxslar, kasallikga chalinganlar bilan muloqotda boʻlganlar, epidemik noxush hududlardan olib kelingan shaxslar bepul tekshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?