Soʻx tumanida yashovchi fuqarolar uchun bir qator imtiyozlar beriladi

22:44 08 Avgust 2020 Jamiyat
412 0

Arxiv surat

Shavkat Mirziyoyev “2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga koʻra:

Soʻx tumanida 2020-yilda jismoniy shaxslar yer soligʻi va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;

* joriy yil 1-avgustdan boshlab 2021-yil 31-iyulga qadar:

* yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi amaldagi qatʼiy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilansin;

* alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilinsin.

* Soʻx tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratiladi;

* Soʻx tumanida joylashgan tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning lavozim maoshlariga sohadagi ish stajining birinchi uch yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 40 foiz va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz miqdorda, ustamaning eng koʻp miqdori

100 foiz oʻrnatiladi;

* Transport vazirligi Qirgʻiziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasi toʻliq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Fargʻona shahridan Soʻx tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yoʻlga qoʻyilishini taʼminlaydi;

* Fargʻona viloyati hokimligi bir oy muddatda Soʻx tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qoʻnish maydonchalarini tashkil etadi;

* Soʻx tumani aholisi uchun Fargʻona viloyatining Yozyovon, Qoʻshtepa, Bagʻdod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi;

* Soʻx tumanidagi ish bilan bandligi taʼminlanmagan aholining bir qismi Toshkent shahrida yirik obyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlariga tizimli ravishda jalb qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?