Soha mutaxassislarini nima hayratga soldi?

19:36 25 Fevral 2019 Jamiyat
338 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi ONLINE”. Istam Ibrohimov/Buxoro. Pillani qayta ishlab, tayyor mahsulotga aylantirishga ixtisoslashtirilgan “Buxoro brilliant silk” korxonasidagi koʻrgazmali vositalarni tomosha qilgan kishi milliy madaniyatimiz toʻgʻrisida bir dunyo tasavvurga ega boʻladi.

Buxoroda boʻlib oʻtayotgan respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi anjumani qatnashchilari ana shunday fikrni bildirdilar.

Ularni, ayniqsa, sharqona liboslar aks etgan suratlar hayratga soldi.

— Koʻrgazmali vositalar oʻziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega, — deydi mazkur uyushmaning Samarqand viloyati boʻlimi rahbari Navroʻz Safarov. — Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi, 82-maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlganimizda ham kreativ yondashuvga asoslangan ana shunday vositalar diqqatimizni tortdi. Aholi gavjum joylarda oʻrnatilgan rang-barang, barchaga tushunarli tasviriy targʻibot namunalarini aytmaysizmi?!

Anjumanning dastlabki kunida mamlakatimizning barcha viloyatidan kelgan soha mutaxassislari joylarda boʻlib, tizimda toʻplangan boy tajriba bilan tanishdilar.

Ertaga anjumanning asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?