Sogʻliqni saqlash vazirligi: Yurtimizda bachadon boʻyni saratoni kasalligini oldini olish chorasi topildi

11:53 20 Avgust 2019 Jamiyat
541 0

Bachadon boʻyni saratoni ayollar salomatligiga tahdid qiluvchi jiddiy kasalliklardan biri hisoblanadi. 2018-yilda dunyoda bachadon boʻyni saratoni bilan qariyb 570 000 yangi kasallanganlik holati qayd etilgan. Har yili shu kasallikdan 311 000 dan ortiq ayollar vafot etadi.Saratonning bu turining oldini olish borasida sinalgan va samarali strategiyalar mavjud. Ulardan biri — odam papillomavirusi (OPV) ga qarshi emlash. Oʻzbekiston bu borada birinchi qadamni qoʻydi, yaʼni shu yilning noyabridan boshlab 9 yoshli qizlar ushbu kasallikka qarshi emlanadi.

Bu haqda poytaxtimizda “Bachadon boʻyni saratonisiz kelajak” shiori ostida boʻlib oʻtganxalqaro ilmiy-amaliy anjumanda aytib oʻtildi. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir mamlakatimizdagi joriy milliy emlash dasturlari oʻzaro munosabatini faollashtirish, onkologik kasalliklarga qarshi kurash, reproduktiv salomatlik va oʻsmir qizlar salomatligini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilish uchun maydon boʻlib xizmat qildi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, bachadon boʻyni saratoni tarqalishiga koʻra jahonda ayollarda uchraydigan saraton kasalliklari orasida toʻrtinchi oʻrinda turadi. Dunyoda boʻlgani kabi, mamlakatimizda ham bachadon boʻyni saratoni barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida tarqalishi boʻyicha koʻkrak bezi saratonidan keyingi oʻrinda turadigan. Kasalliklardanoʻlim koʻrsatkichi boʻyicha esa, ushbu xastalik barcha yoshdagi ayollaroʻrtasida koʻkrak bezi va oshqozon bezi saratonidan keyin uchinchi va tugʻish yoshidagi ayollar (15-44 yosh) orasida esa ikkinchi oʻrinni egallaydi. JSST maʼlumotlariga koʻra, har yili yurtimizda 1660 nafar ayol bachadon boʻyni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Shu bois butun dunyoda ushbu kasallikning oldini olish muhim ahamiyatga ega.

Yurtimizda 2017-yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu boradamilliy reja tasdiqlangan. U oʻz ichiga bachadon boʻyni saratonini davolash, palliativ yordam koʻrsatish bilan birga,OPVga qarshi emlash, bachadon boʻyni saratonini skrining qilish kabi birlamchi profilaktik tadbirlarni qamrab oladi.

Milliy emlash kalendariga koʻra, mamlakatimizda bolalar davlat byudjeti hisobidan 12 ta boshqariladigan infeksiyalarga qarshi emlanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda epidemiologik holat barqaror saqlanmoqda. Endilikda OPVga qarshi vaksinaning joriy qilinishi esa yana bir ogʻir kasallik — bachadon boʻyni saratoni kasalligining oldini olishga xizmat qiladi. Yurtimizda 9 yoshli oʻsmir qizlarni rejali emlash shu yilning noyabr oyidan boshlanadi. Buning natijasida kelajakda har yili 1 100 ta kasallanish va bachadon boʻyni xastaligi boʻyicha 600 ga yaqin oʻlim holatlarining kamayishiga erishiladi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, ayni paytda OPVga qarshi rejali emlash dunyoning 92 ta davlatida, ular orasida JSST Yevropa mintaqasidagi 36 mamlakatida ham qoʻllanib kelinmoqda. Bachadon boʻyni saratoni oldi jarayonlarini kamaytirishdagi emlashning yuqori samarasi klinik sinovlar davrida, shuningdek, bu vaksina koʻp yillardan beri qoʻllanib kelinayotgan davlatlar (AQSH, Avstraliya, Kanada, Daniya, Irlandiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Shotlandiya) misolida koʻringan.

Anjumanda, shuningdek milliy va xalqaro ekspertlarbachadon boʻyni saratonining oldini olish va davolash boʻyicha oxirgi tadqiqotlar, OPVga qarshi vaksinani joriy qilishdagi boshqa davlatlarning tajribalari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdilar.

Sogʻliqni saqlash vazirligining
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?