Sogʻliqni saqlash vazirligi: Tez tibbiy yordam xizmatiga zamonaviy aktni joriy etish yuzasidan 166,9 million aqsh dollari qiymatidagi loyihalar amalga oshirilmoqda

17:44 07 Noyabr 2019 Jamiyat
143 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Shoshilinch va tez tibbiyot yordam samaradorligi va tezkorligini oshirish maqsadida soʻnggi uch yil davomida koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tez tibbiy yordam xizmatiga zamonaviy axborot-ommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuzasidan Xitoy kompaniyalari ishtirokida 166,9 million AQSH dollari qiymatida loyihalar ijrosiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Misol uchun 11,9 million AQSH dollari qiymatidagi “Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasi doirasida Xitoyning “Henan Costar Group” kompaniyasi tomonidan zamonaviy AKT va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 9 ta tez tibbiy yordam reanimobillari yurtimizga yetkazib berildi. Yil yakuniga qadar 141 ta ana shunday tez tibbiy yordam avtomobillari olib kelinishi rejalashtirilgan.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Eʼtiborli tomoni, ushbu tez tibbiy yordam avtomobillar salon qismiga zamonaviy videokuzatuv kamerasi oʻrnatilgan boʻlib, bu masofadan (call-markazdan) shifokor tomonidan ahvoli ogʻir bemorlar uchun kerakli maslahat va tegishli koʻrsatmalar berish imkoniyatini yaratadi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Hozirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasining Call-markazida joriy taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, “Henan Costar Group” kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan zamonaviy AKT uskunalari (kompyuter, printer, server, video panel va boshqalar)ni oʻrnatish ishlari yakunlanmoqda. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv tizimi sinov tarzida joriy etilib, hozirda mazkur tizimdan foydalanadigan xodimlarni oʻqitish ishlari boshlanmoqda. Joriy yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent shahrida ushbu tizim toʻliq ishga tushiriladi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Shuninngdek, “Huawei” kompaniyasi bilan 155 million AQSH dollari qiymatidagi “Respublikaning barcha hududlarida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” loyihasini amalga oshirish maqsadida xitoylik hamkorlar bilan kerakli mablagʻlarni jalb etish boʻyicha muzokalar olib borilmoqda.

Loyiha doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida tez tibbiy yordam xizmati call-markazlarini zamonaviy AKT bilan jihozlash va mavjud tez tibbiy yordam transporti avtoparkini yangilash rejalashtirilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?