Sodiq Safoyev: “Parlamentlararo muloqotni chuqurlashtirish maqsadlarimizga mushtarak”

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev mazkur tashrifning ahamiyati, ikki mamlakat parlamentlararo muloqotni rivojlantirish xususida muxbirimizga quyidagilarni soʻzlab berdi:
— Davlatimiz rahbari alohida taʼkidlaganidek, Oʻzbekiston parlamenti tizimini, Senatni shakllantirish prinsiplarini yaratishda Fransiyaning tarixiy tajribasi, Beshinchi Respublika Asosiy Qomusi postulatlaridan koʻp foydalanildi. Aynan shu sababli Fransiya Konstitutsiyasi qabul qilinganining 60 yilligi munosabati bilan mazkur Qomus oʻzbek va fransuz tillarida chop etildi. Kitobning ilk nusxasi mamlakatimiz rahbari tomonidan Fransiya Respublikasi Senati Raisi Jerar Larshega topshirildi.
Lyuksemburg saroyida Fransiya Senati milliy totuvlik, demokratiya, inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli hamda mustahkam kafolati sifatida qaror topdi. Aynan shu yerda jahon xalqlariga ilhom baxsh etib kelayotgan Fransiya Respublikasining milliy shiori — “Erkinlik, tenglik, birodarlik” tamoyili avloddan-avlodga oʻtkazilmoqda, mustahkamlanmoqda.
Aytish joizki, Oʻzbekistonning maqsadi — huquq ustuvorligiga asoslangan dunyoviy, demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati va bozor munosabatlarini rivojlantirish. “Inson manfaatlari barcha narsadan ustun” shiori islohotlarimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu maqsadda davlat boshqaruvi organlarining ochiq-oshkoraligini, ularning xalq oldidagi hisobdorligini taʼminlash yoʻlida dadil qadamlar tashlandi. Shularga mos ravishda fuqarolar, partiyalar, nohukumat tashkilotlarning siyosiy faolligi oshmoqda. Ommaviy axborot vositalari esa tobora faol va mustaqil boʻlib borayotir.
Fransiyalik hamkorlarga, avvalo, Fransiya Senatidagi hamkorlarga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Fransiya Respublikasi Parlamenti doʻstlik guruhi doirasidagi hamkorlik keyingi yillarda sezilarli darajada faollashdi. Shu oʻrinda “Fransiya — Markaziy Osiyo” hamkorlik guruhiga rahbarlik qilayotgan Natali Gule xonimning bu boradagi xizmatlarini alohida taʼkidlab oʻtish lozim.
Prezidentimizning parlamentlararo muloqotning bundan buyon ham chuqurlashtirilishi boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga, “xalq diplomatiyasi”ni, mamlakatlarimiz hududlari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashadi, degan fikrlari biz, parlament aʼzolari zimmasiga yanada katta masʼuliyat yuklaydi.
Parlamentlararo aloqalar tizimli asosda izchil rivojlanishi uchun Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida doimiy parlamentlararo muloqot taʼminlanadi. Shu asosda, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasida ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonun ijodkorligi, parlament nazorati va islohotlar huquqiy jihatdan taʼminlanishi borasida tajriba almashish ham muhim ahamiyat kasb etadi, albatta.
Mamnuniyat bilan aytish kerakki, Fransiya Senati Raisi Jerar Larshe yurtimizda iqtisodiyotni tubdan modernizatsiya qilish, aholi farovonligini oshirish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish hamda rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlar va ijobiy yangilanishlarni yuksak baholadi.
Zokir XUDOYSHUKUROV yozib oldi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: