Sodiq Safoyev: “BMT rezolyutsiyasida ilk bor Markaziy Osiyo maqsadlari va manfaatlari mushtarak mintaqa sifatida gavdalandi”

11:45 18 Iyul 2018 Siyosat
376 0
Foto: XPK

BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi muhokamasiga bag‘ishlangan Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ishtirok etayotgan Oliy Majlis Senatining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘zbekiston tashabbusi bilan birinchi marta BMTda «Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Unda ilk bor Markaziy Osiyo maqsadlari va manfaatlari mushtarak mintaqa sifatida gavdalandi.

Ko‘p ekspertlar boshida ishonmagandi, lekin mamlakatimizning yangilangan diplomatiyasi bunga erisha oldi», deya gapirib o‘tdi Senat raisining birinchi o‘rinbosari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?