“Sochi – Toshkent – Sochi” yangi muntazam aviareysi yo‘lga qo‘yiladi

10:43 21 Iyun 2018 Jamiyat
651 0
Foto: Samolety.org

Rossiyaning “Uralskiye avialinii” aviakompaniyasi “Sochi – Toshkent – Sochi” yo‘nalishida yangi muntazam reysni yo‘lga qo‘ymoqda.

Parvozlar 2018 yil 18 iyuldan boshlab Airbus kompaniyasining zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Xizmatlar ikki xil - biznes va ekonom klassda ko‘rsatiladi.

Havo laynerlari Sochidan O‘zbekiston poytaxtiga haftaning chorshanba kuni uchib kelsa, payshanba kuni ortga qaytadi, deb yoziladi Rossiya aviakompaniyasi saytida.

Bir tomonga chipta narxi 10 ming rubl(1,2 million so‘m)dan boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?