Xalq ta’limining sobiq vaziri yangi lavozimga tayinlandi

15:32 28 Iyun 2018 Jamiyat
35560 0

Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot“ kanalida ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Inoyatov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar 2013–2018 yillarda Xalq ta’limi vaziri lavozimida faoliyat yuritgandi. Uning o‘rniga Sherzod Shermatov vazir etib tayinlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?