Sobiq elchilar koronavirusdan vafot etdi

11:56 07 Mart 2020 Dunyo
302 0

Eronning Suriyadagi sobiq elchisi Husayn Shayxulislom koronavirusdan vafot etdi, deb xabar berdi Mehr News. U 68 yoshda edi.

U mamlakat parlamenti spikeri Ali Larijoniyning xalqaro ishlar boʻyicha maslahatchisi, shuningdek, Jahon islom oqimlarini yaqinlashtirish assambleyasi rahbari oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bundan tashqari Eron Mejlisi(parlamenti) yettinchi chaqirigʻida deputat etib saylangandi.

Bundan oldin ushbu davlat sanoat, konlar va savdo vaziri Rizi Rahmoniy, xotin-qizlar va oila ishlari boʻyicha vitse-prezident Maʼsuma Ebtekar ham koronavirusga chalingani maʼlum boʻlgandi.

Keyinchalik ushbu kasallikdan mamlakatdagi obroʻli davlat arboblaridan biri Muhammad Mir-Muhammad hayotdan koʻz yumgani xabar qilindi. U Eron oliy rahbari huzuridagi maslahat organi hisoblangan qabul qilinayotgan qarorlarning maqsadga muvofiqligini aniqlash boʻyicha Kengash aʼzosi edi.

Eronning Vatikandagi sobiq elchisi Xadi Hisravshohiyni ham 81 yoshida ushbu infeksiya hayotdan olib ketdi.

Eron hukumati koronavirus tarqalib ketishining oldini olish maqsadida 54 ming mahkumni vaqtinchalik ozodlikka chiqargandi. Rasmiylar yopiq rejimdagi obyektda virusning tarqalishi keng miqyosda infeksiya tarqalishi xavfini keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirga tushishgani uchun ana shunday qaror qabul qilishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?