Sobiq bosh vazir va uning turmush oʻrtogʻi firibgarlikda aybdor deb topildi

16:17 30 Iyun 2020 Dunyo
157 0

Fransiyaning sobiq bosh vaziri, 2017-yilgi prezident saylovlarida “Respublikachilar” partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan Fransua Fiyon va uning turmush oʻrtogʻi firibgarlik qilishda aybdor deb topildi. Bu haqda Yevronyus xabar berdi.

Ularga besh yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shundan kamida ikki yilini qamoqxonada oʻtkazishlari kerak.

— Shubhasiz, bu adolatsiz qaror va biz shikoyat ham qilishga ulgurdik, — deydi advokat Antoni Levi. — Yangi sud jarayoni boʻlib oʻtadi. U bizda 2017-yildayoq paydo boʻlgan shubha-gumonlarimiz oxirgi paytlarda oʻz tasdigʻini topayotgani uchun ham muhimdir. Bu surishtiruv uchun sabab boʻlgan mavhum sharoitlar va u olib borilgan hamda bizni hayron qoldirgan sharoitlarga taalluqlidir.

Aslida ushbu mashmasha 2017-yil saylov kampaniyasi avj pallasiga chiqqanda boshlangan edi. Bunga Le Canard enchaîné gazetasida chiqqan maqola sabab boʻlgan edi. Unda sobiq bosh vazirning turmush oʻrtogʻi Penelopa uning parlamentdagi yordamchisi sifatida oylik ish haqi olib yurgani, ammo shu davr mobaynida biror marta ishga bormagani haqida hikoya qilinadi. Mojaro esa «Penelopa-geyt» nomini oldi.

Shu paytda Fiyon prezidentlik poygasida yetakchilik qilayotgan edi. Ammo ushbu holat uning reytingiga jiddiy taʼsir qildi va yakunda uchinchi oʻrinni olishiga sabab boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?