So Shin: “Oʻzbekiston investitsiya kiritish uchun qulay davlatga aylanib bormoqda”

11:45 11 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
134 0
Illyustrativ foto

Qoraqalpogʻiston Respublikasi eng koʻp qizilmiya oʻsimligi yetishtiriladigan hudud hisoblanadi. Ushbu oʻsimlikdan tayyorlanayotgan mahsulotlarning 70 foizi xorijga, ayniqsa, Xitoyga eksport qilinmoqda va jahon bozorida ham unga boʻlgan talab kun sayin ortib bormoqda. Xususan, dunyodagi oziq-ovqat, farmatsevtika va kosmetologiya mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yirik kompaniyalar qizilmiyaning asosiy talabgorlari sanaladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida biznes yuritish uchun xitoylik investorlar ham katta qiziqish bildirishmoqda. “Fubo Nukus” xususiy korxonasi rahbari So Shin xonimning aytishicha, Oʻzbekiston investitsiya kiritish uchun qulay davlatga aylanib bormoqda.

 Maqsadim yiliga 300-400 tonnaga yaqin qizilmiya ekstraktini ishlab chiqarishga moʻljallangan korxona faoliyatini yoʻlga qoʻyishdir, — deydi u. — Kelajakda tayyor mahsulotlarni Xitoyga eksport qilamiz. Xitoyda qizilmiya oʻsimligini yetishtirish juda mushkul. Qoraqalpogʻiston esa buning aksi. Buning uchun Oʻzbekistonda barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?