Smartfonlar uchun “o‘lmas” ekran yaratildi

15:48 27 Iyul 2018 Dunyo
346 0
Foto: Telegraf

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Amerika bo‘limi xodimlari tomonidan smartfonlar uchun o‘ta mustahkam yangi ekran moduli yaratildi. Sinmaydigan mazkur displey organik svetodiod (OLED) asosida tayyorlangan.

O‘z navbatida yangi ekranlar favqulodda bukiluvchanlik xususiyatiga ega. Ularni smartfonlar, fabletlar, portativ o‘yin qurilmalari, avtomobil multimedia markazlari, planshetlar uchun ishlatish mumkin.

Uning plastik qoplamasi ishonchli himoyani ta’minlaydi. Bunga quyidagi videoni ko‘rib, o‘zingiz ham ishonch hosil qilishingiz mumkin:

Ishlanma AQSHdagi texnika xavfsizligi sohasida standartlashtirish va sertifikatsiyalash (Underwriters Laboratories) kompaniyasi sertifikatiga ega bo‘ldi.

Sinov davomida displey 1,2 va hatto 1,8 metr balandlikdan tashlab yuborilganda ham, o‘z ish qobiliyatini saqlab qoldi. Bundan tashqari, undan Selsiy bo‘yicha -31 darajadan +71 darajagacha haroratlarda ham foydalanish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mazkur “o‘lmas” displeylar Samsung tomonidan kelgusi yili chiqarilishi kutilayotgan bukiluvchan smartfonlarda qo‘llanilishi kutilayotir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?