Smartfonlar saraton kasalligini keltirib chiqaradi

09:56 03 Fevral 2020 Lifestyle
170 0

Foto: google.com

Qalqonsimon bez saratoniga moyil boʻlgan odamlarda smartfonlardan nurlanish kasallikning rivojlanishini tezlashtirishi mumkin, deb xabar beradi “Medical Xpress”.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu sohadagi keyingi tadqiqotlar kasallik tashxisini yaxshilashga yordam beradi.

AQSHning Yel universiteti mutaxassislari 900 nafarga yaqin bemorni tekshirib koʻrishdi. Tadqiqot jarayoni esa genetik sezgirligi yuqori odamlarda smartfonlardan nurlanish saraton xavfini 2 baravar oshirishi aniqlandi.

Taʼkidlanishicha, bunday qoʻshma tadqiqot birinchi marta oʻtkazilgan. Olimlarning fikriga koʻra, ushbu yoʻnalishdagi keyingi ishlar xavf oʻchogʻini aniqlashga yordam beradi, xususan, ular qalqonsimon bez saratoni rivojlanishi ehtimoli yuqori boʻlgan bemorlarni oʻz ichiga oladi.

“Keyinchalik esa kasallik haqida rivojlanishning dastlabki bosqichida maʼlumot beradi”, deydi olimlar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?