“Skver”da tungi drift uyushtirganlar kim edi?

10:27 20 Sentyabr 2019 Jamiyat
399 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Amir Temur xiyobonidagi aylanma yoʻlda kimligi nomaʼlum shaxslarning katta tezlikda avtomobil haydab, turli tryuklarni bajarayotgani aks etgan videoyozuvlar tarqalgandi.

Toshkent shahar IIBB mazkur hodisa yuzasidan izoh berdi. Unda aytilishicha, 13 va 14-sentyabr kunlari taxminan soat 02.00-02.30 da Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylana yoʻlda, xususiy ijodiy studiya tomonidan ekshn-lavha suratga olish ishlari olib borilgan.

Yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida, atrofdagi yoʻllar va piyodalar yoʻlakchalari poytaxt IIBB YHXB YPX va PPX xodimlari va ekipajlari tomonidan 10-15 daqiqaga berkitilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?