“Siz O‘zbekistonni bilasizmi?” videoroligi Qozog‘istonda ham katta qiziqish bilan kutib olinmoqda

12:01 15 Mart 2018 Dunyo
858 0

Davlatimiz rahbarining “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida qozog‘istonliklarning O‘zbekistonga munosabati haqidagi videorolik qo‘shni davlatda ham katta qiziqish bilan kutib olinayapti. Xususan, mazkur rolik Qozog‘istondagi eng ommabop axborot portallaridan biri “Tengrinews.kz”ga ham joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan mazkur lavhada Qozog‘istonning oddiy fuqarolari orasida “O‘zbekiston haqida nimalarni bilasiz?”, “Siz suygan o‘zbek taomi qaysi?” va “O‘zbekistonlik qaysi san’atkorlarni taniysiz?” savollari bilan blits-so‘rov o‘tkazilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?