Sirdaryolik yoshlarga bibliobus topshirildi

10:08 24 Aprel 2018 Jamiyat
652 0

Yurtimizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo viloyatida ham davlatimiz rahbarining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqqan holda, uzoq qishloqlarda yashayotgan yoshlarning kitobga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yaqinda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashiga Prezidentimiz sovg‘asi — bibliobus, ya’ni kutubxona shaklidagi maxsus avtotransport vositasi topshirildi. Kitoblarni tashish va saqlashga mo‘ljallangan transport vositasi javonlaridan 2 mingdan ziyod kitoblar o‘rin olgan.

— Ushbu sovg‘a chekka hududlarda yashaydigan aholi, xususan, yoshlarni milliy hamda jahon adabiyoti durdonalaridan bahramand etish imkoniyatini berishi bilan yanada qimmatlidir, — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari I. Botirov. — Yana bir e’tiborga molik jihati shundaki, bibliobus -boradigan qishloqlarda shoir va yozuvchilar ishtirokida uchrashuvlar hamda adabiy kechalar o‘tkaziladi.

Ahmadali SHERNAZAROV,
«Xalq so‘zi» muxbiri.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?