Sirdaryolik oʻquvchining maqolasi xalqaro ilmiy konferensiya materiallari toʻplamiga kiritildi

15:32 26 Sentyabr 2019 Jamiyat
148 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Guliston shahridagi 5-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Nigora Orifjonovaning “Oʻzbek adabiyoti” nomli ilmiy maqolasi Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan “Taʼlim taraqqiyoti yangiliklari” XV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toʻplamida eʼlon qilindi.

Maqolada mumtoz va hozirgi zamon milliy adabiyotimiz haqida keng maʼlumot va tushunchalar berilgan. Oʻzbek adabiyotining jahon adabiyotida munosib oʻringa egaligi, mamlakatimizda badiiy ijodga yuksak eʼtibor qaratilayotganligi hayotiy dalillar asosida ifoda qilingan. Yosh muallif tahliliy fikrlari bilan adabiyotning maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltirishdagi beqiyos ahamiyatini alohida eʼtirof etgan.

Maʼlumot uchun. Shuningdek, mazkur konferensiya materiallari toʻplamidan “Biologiya fanlari”, “Iqtisodiyot” “Tarix”, “Texnika fanlari” boblarida bir guruh oʻzbekistonlik olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalarning ilmiy maqolalari ham joy olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?