Sirdaryolik fermerlar qasamyod qabul qildi

10:19 19 Noyabr 2018 Jamiyat
931 0

Foto: “Sirdaryo haqiqati” gazetasi

Sirdaryo viloyatining bir qator tumanlarida fermerlar qasamyod qabul qilish marosimi oʻtkazildi. Bu haqda “Sirdaryo haqiqati“ gazetasi xabar bermoqda.

“Guliston shahri hokimligi qarshisidagi yurt bayrogʻi maydonida gʻalladan moʻl hosil yetishtirishga azmu qaror qilgan Boyovut va Guliston tumanlari fermerlari oʻz ahdlariga, shon-shavkatlariga sodiqligini ifodalab, yurt taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshishni, nopok ishlarga qoʻl urmaslikni ezgu niyat qilib, qasamyod qabul qildilar“ deyiladi nashr xabarida.

Manbada yozilishicha, shunday gʻallakor fermerlarning qasamyod qabul qilishiga bagʻishlangan tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida ham “oʻzgacha koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtgan“.

Tadbirda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev, viloyat prokuraturasi va huquqni himoya qilish organlarining vakillari ishtirok etdilar.

Foto: “Sirdaryo haqiqati” gazetasi

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?