Sirdaryoga koʻngillilar tomonidan yuborilgan buyumlarning ayanchli ahvoli boʻyicha viloyat hokimligi munosabat bildirdi

23:05 14 May 2020 Jamiyat
9693 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston. Sirdaryodagi oilalarga yordam sifatida aholi tomonidan uzatilgan buyumlarning ahvoli...” sarlavhasi bilan xabarlar tarqaldi. Sirdaryo viloyati hokimligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat Guliston shahri N.Zokirov koʻchasi 1-uyda joylashgan vaqtinchalik omborxonada kuzatilgan boʻlib, bu ombor “Sardoba” suv omborida favqulodda holat yuz berganligi munosabati bilan koʻngillilar tomonidan insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan kiyim-bosh va boshqa uy-roʻzgʻor buyumlarini qabul qilishga moʻljallangan.

“Mazkur omborga yuborilgan buyumlar, avval Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boshqarmasi hodimlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifqi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan jalb etilgan faol yoshlar (volontyorlar) tomonidan ochiq maydonda saralanadi, shundan soʻng epidemiologik xavfsizlikni taʼminlab, yuqumli kasalliklar tarqashi ehtimolini kamaytirish maqsadida dezinfeksiya qilingan holda turlariga qarab omborning yopiq qismiga joylashtiriladi.

Barchamizga maʼlumki, joriy yilning 13-14-may kunlari Guliston shahrida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va odamlar taʼbini biroz xira qilishga sabab boʻlgan holat aynan koʻngillilar tomonidan yuborilgan buyumlarni yuk mashinalaridan tushurilib, saralash jarayoni ketayotgan bir vaqtda kuchli yomgʻir yogʻgan.

Tabiiyki, bu holatga u yerda faoliyat yuritayotgan volontyorlar omborning yomgʻirdan panaroq qismida yomgʻir tinishini kutib turishgan. Huddi shu vaziyatda nomaʼlum shaxs tomonidan suratga olinib, uning ijtimoiy tarmoqda tarqalishiga sabab boʻlgan.

Endi ushbu mahsulotlarning tarqatilishida “propiska” asosida tarqatilishi masalasiga toʻxtaladigan boʻlsak, yuqorida taʼkidlaganimizdek, avval saralanib, buyumlar dezinfeksiya qilinganidan soʻng favqulodda vaziyatda zarar koʻrgan hamda vaqtincha evakuatsiya qilingan aholiga yetkazilmoqda”, deyiladi munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?