Sirdaryodagi Xalq qabulxonalari rahbarlariga jami 11ta “Cobalt” avtomobili topshirildi

14:53 16 Fevral 2019 Jamiyat
326 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 11 ta “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi.

Tadbirda xalq qabulxonalari bugungi kunda aholi muammolarini oʻrganish va ularning yechimlari topishda samarali tizimni yoʻlga qoʻygani bois fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda ovoragarchiliklarning kamaygani, bundan tashqari tizimga koʻplab mutasaddi tashkilotlar vakillarining jalb etilgani sababli murojaatlarning aksariyati joyida hal etilayotgani taʼkidlandi.

– Davlatimiz rahbarining joriy yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmoniga koʻra, xalq qabulxonalari vakillariga aholi xonadonlarida uyma-uy yurib, ularning muammolarini oʻrganish, tahlil qilish hamda sektorlar faoliyatini nazorat qilish kabi vazifalar yuklatilgan edi, – deydi Sirdaryo viloyati Prezident Xalq qabulxonasi mudiri Qoʻldoshev Xolmirza.

– Mazkur farmonda xalq qabulxonalarini avtomashinalar bilan ham taʼminlanishi koʻzda tutilgan edi. Mana bugun “Cobalt” rusumli xizmat avtomashinalarini qabul qilib oldik. Albatta bu ragʻbat zimmamizdagi masʼuliyatni yanada oshiradi. Bu mashina tumandagi olis-olis qishloqlarga ham bemalol borib kelish, u yerdagi aholi muammolarini atroflicha oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?