Sirdaryodagi bayram tadbirlarida tanlov gʻoliblariga beriladigan avtomobillar topshirilmadi... Faqat koʻrsatildi. Nega?

14:05 30 Sentyabr 2019 Jamiyat
32 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Gulistonda Oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tadbirlar anʼanaga aylangan “Yurt bayrogʻi” maydonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi.Soʻngra“Bilimdonlar maskani”da ulugʻ shoirimiz Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qoʻyildi.

Viloyat musiqali drama teatrining muhtasham binosidagi bayram tadbirida Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Mirzayev Prezidentimizning Oʻzbekiston oʻqituvchilari va murabbiylariga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Prezidentimiz Farmoniga koʻra, taqdirlangan bir guruh sirdaryolik oʻqituvchi va murabbiylarga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, viloyat hokimi qatnashchilarni joriy oʻquv yilidan boshlab viloyat boʻyicha tashkil etilgan “Eng yaxshi maktab”, “Eng yaxshi maktab direktori”, “Eng yaxshi fan oʻqituvchisi” tanlovlarining shartlari bilan tanishtirdi. Xususan, unga koʻra gʻoliblikka daʼvogar maktab direktori chet tilini ham bilmogʻi lozim boʻladi.

Ayni tanlovda beriladigan sovgʻalar-turli rusumdagi avtomashinalar esa teatr maydonida barchaga koʻrsatildi. Yaʼni sovrinlar naqdligi maʼlum qilindi.

Yana bir jihat, bu yilgi bayram dasturxoni va tantanali konsert soʻnggi yillarda gullab –yashnagan- Guliston istirohat bogʻida, rangli va musiqali ulkan favvora tegrasida – ochiq osmon ostida tashkil etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?