Sirdaryodagi 381 ta saylov uchastkasida ovoz berish faollik bilan davom etmoqda

12:12 22 Dekabr 2019 Siyosat
315 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryoliklar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarda faollik bilan ovoz bermoqda.

Guliston shahridagi 18-saylov uchastkasi ovoz berishning dastlabki daqiqalaridanoq saylovchilar bilan gavjum boʻldi. Uchastka saylov komissiyasi raisi Akmaljon Abdurazzoqovning maʼlum qilishicha,saylov kunigacha 11 nafar fuqaro oldindan ovoz berish huquqidan foydalandi. Mazkur saylov uchastkasida 793 nafar saylovchi roʻyxatga olingan.

Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofirjon Mirzayev ayni shu saylov uchastkasiga ovoz berish uchun tashrif buyurdi. Jurnalistlarga bergan intervyusida Prezidentimiz tashabbusi bilan soʻnggi yillarda mamlakatimizda ochiq demokratik jamiyat sari dadil qadamlar tashlanganini va bu ulkan oʻzgarishlar dunyo hamjamiyati tomonidan yuqori baholanayotganini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun.Ayni damlarda Sirdaryo viloyatidagi 381 ta saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Saylovlarni barcha partiyalar, OAV vakillari bilan birga xalqaro kuzatuvchilar ham kuzatib borishayotir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?