Sirdaryoda yuk mashinasi agʻanab ketdi. Jabrlanganlar bor

01:22 16 Noyabr 2018 Jamiyat
534 0

Foto: fvv.uz

2018 yil 14 noyabr soat taxminan 03:35larda Sirdaryo viloyati FVBga IIBning Tezkor navbatchisi tomonidan A-373 “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishining 13 km.da yuk avtomashinasi yoʻldan chiqib avtohalokatga uchraganligi yuzasidan maʼlumot kelib tushdi.

“Mazkur holat boʻyicha Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi navbatchi qutqaruvchilar D. Xudoyberdiyev, O. Qorayev, Q. Turgʻunboyev, O. Mamatkarimovlar zudlik bilan voqea joyiga yetib boradi. Shundan soʻng, qutqaruvchilar yoʻl transport hodisasi oqibatida avtotransport kabinasida qisilib qolgan fuqaroni maxsus texnikalar yordamida kabinadan olib chiqishdi. Jabrlangan fuqaro hamda yoʻlovchi zudlik bilan Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasi jonlashtirish boʻlimiga yetkazishdi va bu orqali fuqaro hayoti saqlab qolindi”, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?