Sirdaryoda yuk mashinalari toʻqnashishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi

12:23 17 May 2019 Jamiyat
363 0

Sirdaryoda viloyatida yuk mashinalari toʻqnashishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Manba xabariga koʻra, 2019 yil 15 may kuni soat 02:40larda Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashagan 19 yoshli B.B. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli yuk avtomashinasini Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani hududida haydab ketayotib, oʻzidan oldinda svetoforning qizil chirogʻiga toʻxtab turgan fuqaro Sh.X. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.

“Natijada “Gazel” yuk avtomashinasi haydovchisi jarohat olib voqea joyida va uning yoʻlovchisi 19 yoshli B.K. kasalxonada vafot etganlar”, - deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?