Sirdaryoda yana tibbiyot xodimlari kaltaklandi. Voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilgan

17:59 08 Iyun 2020 Jamiyat
598 0

Sirdaryoda 2020-yilning 3-iyun kuni soat 23:30 da Sayxunobod tumani, Doʻstlik mahallasida fuqaro A.B. oʻzining extiyotsizligi oqibatida olgan tan jarohati yuzasidan uning tanishi 27 yoshli E.N., tez tibbiy yordam boʻlimiga qoʻngʻiroq qilib tibbiy yordam kerakligini soʻraydi. Tibbiyot xodimlariga Sayxunobod tumani Doʻstlik mahallasiga kelishliklari maʼlum qilgan vaqtida, navbatchi feldsher 27 yoshli V.N. bilan oʻzaro ogʻzaki ravishda tortishib qolishib, telefon orqali bir-birlarini xaqorat qilgan.

Soʻngra tez tibbiy yordam boʻlimi xodimlari chaqiruvga asosan tez tibbiy yordam guruhi tarkibida boʻlgan navbatchi shifokor 28 yoshli J.O., navbatchi feldsher V.N. chaqiruv boʻlgan joyga yetib borgan vaqtda E.N. navbatchi feldsher V.N. bilan oʻzaro tortishib qolganligi sababli uni qoʻllari hamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Shunda, navbatchi shifokor J.O. ularni ajratmoqchi boʻlgan vaqtida E.N. shifokorni xam qoʻllari xamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib unga tan jaroxati yetkazgan.

Natijada navbatchi feldsher V.N. va shifokor J.O., lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilganlar.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridvagi Tergov departamentining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan E.N., ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, E.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov xarakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?