Sirdaryoda urush qatnashchisiga yangi xonadon sovgʻa qilindi

18:04 06 May 2019 Jamiyat
379 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Bugun ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bektursun Pirmatovni Xotira va Qadrlash kuni arafasida yoʻqlash va bayram bilan tabriklash uchun Guliston shahridagi xonadoniga koʻplab mehmonlar tashrif buyurdi.

Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning otaxonga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib berdi. Soʻngra Prezident Farmoni bilan belgilangan 7 500 000 soʻm mukofot pulini tantanali ravishda topshirdi.

Urush qatnashchisiga yana Guliston shahridagi zamonaviy binolardan biridagi ikki xonali xonadon berilganligi xususidagi sertifikat va boshqa sovgʻalar ham taqdim etildi.

- Prezidentimizning tabrigidan boshim osmonga yetdi, - deydi Bektursun bobo, - Biz ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining bunday yuksak darajadagi ehtirom va eʼtibordan minnatdorligimizning esa cheki yoʻq. Har doim qoʻlmiz duoda – Vatanimiz osmoni abadiy musaffo, tinchligimiz boqiy boʻlsin! Xalqimiz turmushi va hayot tarzi bundan-da yuksalaversin!

Shuningdek, xuddi shunday tantana Guliston tumanilik ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Yahyo Sharipov xonadonida ham boʻlib oʻtdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?