Sirdaryoda uyga muhtoj 20 nafar xotin-qizlarga uy berildi

18:31 27 Avgust 2018 Jamiyat
296 0
Foto: Xotin-qizlar qoʻmitasi

Bugun Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda hokimliklar, Xotin-qizlar qoʻmitasi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda uy-joyga muhtoj, imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga koʻmak berish, ularning bandligini taʼminlash va arzon uylar ajratish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, navbatdagi yangi uylarni topshirish tantanali marosimi Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida boʻlib oʻtdi, unda 20 nafar uy-joyga muhtoj ayollar oʻzlarining turar-joylariga ega boʻlishdi. Bayramona shukuhda oʻtgan tadbirda viloyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj 27 nafar ayollar va bolalarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari, Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.Narbayeva, viloyat hokimi Gʻ.Mirzayevlar ishtirok etishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?