Sirdaryoda «Spark» olib berish uchun «shapka» olayotgan avtosalon xodimi ushlandi

11:23 25 May 2018 Jamiyat
517 0

 

Foto: lawyer-expert.ru

GM Uzbekistan zavodida ishlab chiqarilgan avtomobilni olib berishni va’da qilgan asvtosalon xodimi pora ustida qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Qayd qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Sirdaryoavtotexxizmat” MChJ mutaxassisi E. va boshqalar firibgarlik yo‘li bilan fuqaro Sh.ga Toshkent shahri avtosalonlaridagi tanishlari orqali “Spark” rusumli avtomashina sotib olish uchun shartnoma olib berish evaziga 500 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Sirdaryoavtotexxizmat” MChJ mutaxassisi E. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?