Sirdaryoda Qozogʻiston bilan bogʻlovchi davlatlararo tutashuv punkti ishga tushirildi

18:30 29 Iyul 2019 Iqtisodiyot
853 0

Foto: Hakim Yo'ldoshev / "Xalq so'zi"

Bugun Sirdaryo viloyatida Sirdaryo davlatlararo tutashuv punkti ochildi.

Mazkur punktdan Sirdaryo va respublikamizning boshqa viloyatlaridan Qozogʻistonning janubiy hududlariga yuklar joʻnatiladi hamda qabul qilinadi.

Kechayu kunduz ishlaydigan mazkur punktdan sutkasiga qoʻshimcha 3 juft poyezdga xizmat koʻrsatiladi.

Maʼlumot uchun, ayni paytda Afgʻoniston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston Qozogʻiston davlatlari bilan jami 20ta koridor orqali temir yoʻl transportidan foydalanilmoqda. Birgina Qozogʻiston Respublikasini oladigan boʻlsak, ayni kungacha Keles hamda Qoraqalpogʻiston davlatlararo tutashuv punkti orqali yuklar rasmiylashtirilib, poyezdlar qatnovi amalga oshirilayotgan edi.

Dilshod Ulugʻmurodov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?