Sirdaryoda piyodani urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

18:04 26 Sentyabr 2018 Jamiyat
944 0
Illyustrativ foto

Sirdaryo tumanida shu yil 25 sentyabr kuni nomaʼlum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani “Tadbirkor” MFYdan oʻtuvchi “Termiz-Toshkent” yoʻlida haydab ketayotib, yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda R.X.ni urib yuborib, unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatmay, voqea joyidan ketib qolgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada R.X. olgan jarohati sabab voqea joyida halok boʻlgan. Ushbu yoʻl-transport hodisasini sodir etgan nomaʼlum haydovchini aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, ushbu yoʻl-transport hodisasiga guvoh boʻlib, haydovchi va avtomashina haqida biron-bir maʼlumotga ega boʻlsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy boʻlinmalariga murojaat qilishingizni yoki “102” telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, xabar berishingizni soʻraymiz. Bu bilan Siz, ushbu shaxs tomonidan boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga oʻz hissangizni qoʻshgan boʻlasiz”, deyiladi IIV xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?