Sirdaryoda oʻtkazilgan “Tungi reyd” tadbirlarida 5 nafar voyaga yetmagan bolaning ota-onalariga qonun doirasida chora koʻrilishi belgilandi

16:55 16 Avgust 2019 Jamiyat
130 0

2019-yil 30-iyul kuni Guliston shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligining qoʻshma sayyor yigʻilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, 13-14-avgust kunlari Guliston va Yangiyer shaharlarida “Jinoyatchilikdan xoli mahalla” konsepsiyasi doirasida viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiyaning harbiy qismi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda “Tungi reyd” tadbirlari oʻtkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Tungi reyd” davomida voyaga yetmagan shaxslarning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz koʻngil ochish (dam olish) joylarida boʻlishi holatlari oʻrganildi.

Tadbir vaqtida umumiy ovqatlanish shoxobchalari va kompyuter zallarida tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz boʻlgan 5 nafar voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ularning ota-onalariga qonun doirasida choralar koʻrilishi belgilandi.

Tadbirlar davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?