Sirdaryoda oila ajralishlari soni keskin ortmoqda

17:40 29 Iyun 2018 Jamiyat
314 0
Illyustrativ foto

Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili Sirdaryo viloyatida 1095 ta nikohdan ajrashish qayd etilgan bo‘lib, bu 2016 yil bilan taqqoslaganda 21 foiz ko‘pdir.

Bunga yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, er-xotin bir-birini tushunmasligi, o‘zaro totuvlikning yo‘qligi, doimiy janjal va surunkali ichkilik kabi illatlar asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan “Sirdaryo viloyatida oilalarni mustahkamlash, ajrashishlar holati bo‘yicha tadqiqot va tahlil natijalari” mavzuida o‘tkazilgan brifingda shular xususida axborot berildi.

FHDYO bo‘limlari mutaxassislarining fikricha, oilaviy ajrashishga ota-onasidan moddiy jihatdan mustaqil bo‘lmagan yigitlarning nikohdan o‘tishi katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Markaz tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashgan shaxslarning 45 foizi oilani saqlab qolishga mas’ul tashkilotlardan hech qanday yordam olmaganini ta’kidlagan bo‘lsa, turmushidan ajrashgan respondentlarning 37,3 foizi o‘z oilasini saqlab qolish mumkin bo‘lgani haqida fikr bildirgan.

Tadbirda oilalarni mustahkamlashga to‘siq bo‘layotgan muammolar, aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani aytib o‘tildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?