Sirdaryoda OAV xodimlarining kasb bayrami tadbirlarini telejurnalistlarning bolalari boshlab berishdi

15:44 25 Iyun 2019 Jamiyat
202 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 27 –iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida Guliston istirohat bogʻida oʻtkazilgan tadbirda mazkur OAV jamoasining farzandlari ham ishtirok etdi.

Tadbir doirasida bolalar oʻrtasida sport musobaqalari tashkil etildi.Shu bilan birga ishtirokchilar salqin ichimliklar va muzqaymoqlar bilan siylandi.Shu bilan birga ularga kitoblar, sport kiyimlari va anjomlari sovgʻa qilindi. Jamoaning bir guruh ijodkorlari esa namunali mehnatlari uchun munosib taqdirlandilar.

Maʼlumot uchun. Ayni paytda Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining efir vaqti kuniga 18 soatni tashkil qilmoqda. Xususan,“Diyor yangiliklari” informatsion dasturi bir kunda 5-marta tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilmoqda. Hozirda mazkur OAV uchun Guliston shahrining markaziy qismida zamonaviy sharoitlarga ega bino qurilayotir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?